22:32 / 13.07.2017
28 836

Tojikistonda 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan ikki erkak qo‘lga olindi

Tojikistonda 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan ikki erkak qo‘lga olindi
Tojikistonning Konibodomida 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilganlikda ayblanib, ikki erkak qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik.

Nashr xabariga ko‘ra, erkaklarni qo‘lga olish ishlari So‘g‘d viloyatida amalga oshirilgan.
"Gumondorlardan biri Konibodomdagi mehmonxonaga 13 yashar qizni olib kelgan va mehmonxona administratoriga 100 somoniy (taxminan 95 ming so‘m) berib, qiz bilan yarim soatcha vaqt o‘tkazgan", — deyiladi xabarda.

So‘ngra erkak voyaga etmagan qizni tanishining kvartirasiga olib borgan. Ikkinchi erkak ham qiz bilan jinsiy aloqa qilgan.
Ikki erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ular 2 yildan 5 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkinligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda 13 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan ikki erkak qo‘lga olindi