08:09 / 17.07.2017
5 611

Yo‘lovchi Ryanair samolyotining qo‘rqituvchi qo‘nishini videoga oldi

Yo‘lovchi Ryanair samolyotining qo‘rqituvchi qo‘nishini videoga oldi
Irlandiyaning Ryanair loukosteri yo‘lovchisi Kreyg Kallinan o‘zi o‘tirgan samolyotning o‘ta vahimali qo‘nishini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Video YouTube’da joylashtirildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Layner Kanar arxipelagidagi Fuerteventura orolidan Britaniyaning Lids-Bradford aeroportiga uchayotgan edi. Qo‘nish chog‘ida yo‘lovchilar kuchli to‘lg‘anishlarni his etdi, ular u tomondan bu tomonga yiqilib keta boshladi.

«Men ko‘p yillardan beri uchaman, lekin birinchi marta samolyot sochilib ketishidan qo‘rqdim», — tan oldi yo‘lovchi.

Ayni paytda Ryanair vakili 14 iyul kuni amalga oshirilgan qo‘nish odatiy tartibda o‘tganini, yo‘lovchilar joniga hech qanday tahdid tug‘ilganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yo‘lovchi Ryanair samolyotining qo‘rqituvchi qo‘nishini videoga oldi