08:33 / 28.07.2017
14 262

Pokistonda 20 nafar erkak qamoqqa olindi. Ular o‘smir qizning nomusini bulg‘aganlikda ayblandi…

Pokistonda 20 nafar erkak qamoqqa olindi. Ular o‘smir qizning nomusini bulg‘aganlikda ayblandi…
Voqea bunday bo‘lgandi. Yaqinda Pokistondagi Panjob viloyatiga qarashli Mo‘lton shahrida joylashgan qishloqlardan biri kengashi qo‘lga olingan erkaklarga hali voyaga etmagan qiz nomusini bulg‘ash haqida buyruq bergan. Aytishganki, o‘sha qizning akasi boshqa birovning 12 yoshli qizini nomusidan ayirgan. Demak, bu javob zarbasi hisoblangan.

Achinarlisi va dahshatlisi, 12 yoshli begunoh qiz ota-onasi va qarindosh-urug‘lari ko‘z o‘ngida 20 nafar erkaklar tarafidan zo‘rlangan. Ularni to‘xtatishga hech kim jur’at eta olmagan. Bunga qishloq kengashi yo‘l bermagan. Ikkala qizning ota-onasi ham keyinroq mahalliy polisiya bo‘limiga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi. Tibbiy xulosalar ikki qiz haqiqatan zo‘rlangani, nomusi poymol qilinganini tasdiqladi.

2002 yili ham qishloq kengashi Muxtor May ismli 28 yashar ayolni zo‘rlash haqida bir guruh yigitlarga buyruq bergan. Bunga ayolning 12 yoshli ukasi o‘zidan yoshi ulug‘ ayol bilan jinsiy munosabatlar yuritgani sabab bo‘lganmish. Qarang, May o‘zini zo‘rlaganlar ustidan Pokiston oliy sudiga shikoyat qildi. Ammo sud arizani qanoatlantirmadi. Ayolga mamlakatdan chiqib ketishni taklif qildi. Lekin May mamlakatdan chiqib ketishni xohlamadi. O‘z qishlog‘ida qolib qizlar uchun maktab, zo‘rlangan ayollar uchun panoh beruvchi maskan tashkil etdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib May mashhur advokatga aylandi. Hatto, u haqida «Thumbprint» operasini yaratib, Amerikaning Nyu-York shahrida namoyish etiщdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda 20 nafar erkak qamoqqa olindi. Ular o‘smir qizning nomusini bulg‘aganlikda ayblandi…