09:32 / 05.08.2017
5 774

Evropaning 10 ta davlatida issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi

Evropaning  10 ta davlatida issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi
Evropa Ittifoqining 10 ta davlatida anomal issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi. Bu haqda Evropaning meteoxizmatlar tarmog‘i Eumetnet’ga iqtibos keltirgan holda Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda ekstremal ob-havo sharoitlari Italiya, Chernogoriya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Serbiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Shveysariya va Sloveniya hududida qayd qilingan.

Shuningdek, Ispaniya, Fransiya, Gresiya, Makedoniya va Bolgariyada xavflilikning zarg‘aldoq darajasi kiritilgan.

Bu davlatlarning ba’zi hududlarida havo harorati 40 gradusdan oshib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Evropaning 10 ta davlatida issiq havo tufayli xavflilikning qizil darajasi kiritildi