Italiyaning Trentino-Alto-Adije viloyatida ko‘chki va toshqinlar oqibatida tezyurar poezd relslardan chiqib ketdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri. Temir yo‘lning ba’zi hududlari katta miqdordagi tuproq ostida qolib ketgan.
Poezdda 200 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hammasi evakuasiya qilingan. 80 nafar yo‘lovchiga vagonlardan chiqishlarida yordam kerak bo‘lgan. Hech kim jabr ko‘rmagan.
Qutqaruv operasiyasiga favqulodda xizmatlarning 200 nafar xodimi jalb qilingan.
Ta’kidlanishicha, ko‘chki Italiyaning shimoli-g‘arbiga momaqaldiroq fronti olib kelgan kuchli yomg‘ir va do‘l oqibatida kelib chiqqan. Endi bu front qurg‘oqchilik va anomal issiq havo hukm surayotgan mamlakatning janubi tomon harakatlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi