8 476
ARMI-2017: “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovida O‘zbekiston jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi
ARMI-2017 doirasidagi “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovida O‘zbekiston jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida Qalampir.uz xabar qilmoqda.
Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovining final bosqichi Rossiyaning Tyumen viloyatidagi harbiy dala maydonida o‘tkazildi.
O‘zbekisonlik harbiylar ushbu tanlovda uchinchi o‘rinni egalladilar. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda birinchi o‘rinni rossiyalik, ikkinchi o‘rinni belorus harbiylari jamoalari qo‘lga kiritdi.
Musobaqa shartiga ko‘ra, Armaniston, Belorussiya, Rossiya va O‘zbekiston harbiylari dushmanning tankka qarshi minalarini yo‘q qilishi va bronetexnikaning harakatlanishi uchun xavfsiz yo‘lak ochishi talab etilgan.
Ma’lumot uchun, Armiya o‘yinlari 2017 yilning 29 iyulidan 12 avgustiga qadar Rossiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston va Xitoyning 22-harbiy poligonida o‘tkaziladi. Ushbu Xalqaro musobaqada 28 davlat harbiylari ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi