10:34 / 10.08.2017
7 031

Shimoliy Koreya ochiq tahdidga o‘tdi: «Guamni yo‘q qilib tashlaymiz»

Shimoliy Koreya ochiq tahdidga o‘tdi: «Guamni yo‘q qilib tashlaymiz»
Shimoliy Koreya AQSh strategik bombardimonchilarining Guam orolidagi AQSh bazasidan parvoz qilishiga javoban bu baza joylashgan hududga raketa zarbasi berish rejasini tuzmoqda. Shimoliy Koreya armiyasi strategik kuchlarining bunday bayonotini Shimoliy Koreyaning KCNA agentligi tarqatdi.

Bayonotda AQSh hukumati Koreya yarimorolidagi vaziyatni keskinlashtirishda ayblangan. Pxenyan buning isboti sifatida Minuteman III ballistik raketa sinovini va AQSh strategik bombardimonchilarining mintaqada muntazam parvozlarini keltirdi. "AQShning bunday harbiy manyovrlari Koreya yarimorolidagi favqulodda keskin vaziyat sharoitida xavfli mojaro keltirib chiqarishi mumkin", deb ogohlantirgan Pxenyan.

Bayonotda aytilishicha, AQSh uchun Shimoliy Koreyaga bostirib kirishda "boshlang‘ich nuqta" bo‘lib Tinch okeanida joylashgan Guam orolidagi baza hisoblanadi. Shu sababli Shimoliy Koreya armiyasi "bu bazani yo‘q qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi", deyilgan xabarda.

Bayonotda, shuningdek, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In AQSh tajovvuzini ushlab turish rejasini tuzishga buyruq bergan. "Shimoliy Koreya strategik kuchlari Guam oroliga o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "Xvason-12" ballistik raketasi bilan zarba berish bo‘yicha tezkor rejani batafsil o‘rganmoqda", deyilgan bayonotda.

Yaqin orada bu reja Shimoliy Koreyaning oliy harbiy qo‘mondonligiga taqdim qilinadi. "U Shimoliy Koreya yadroviy kuchlari bosh qo‘mondoni Kim Chen In buyruq berishi bilanoq istalgan vaqtda amalga oshiriladi", deb aytilgan Pxenyanda.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Maniladagi uchrashuvida Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yun Xo Pxenyan "Vashingtonga yadroviy qurol qo‘llagan holda ayovsiz saboq berib qo‘yishga" tayyorligini aytgan. Bundan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyadan AQShga tahdid qilishni bas qilishni talab qilgan. Trampning aytishicha, aks holda Shimoliy Koreya "dunyo avval ko‘rmagan olov va g‘azabga uchraydi".


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya ochiq tahdidga o‘tdi: «Guamni yo‘q qilib tashlaymiz»