13:44 / 12.08.2017
7 518

Meduza, chuvalchang, o‘rgimchak va tarixdagi boshqa eng g‘alati yomg‘irlar

Meduza, chuvalchang, o‘rgimchak va tarixdagi boshqa eng g‘alati yomg‘irlar
Baliq yomg‘iri
Gonduras, 2003 yil
Umuman olganda, Yoroda deyarli har yili osmondan baliq yog‘iladi: yozgi bo‘ronlar ularni yaqin oradagi ko‘llardan olib keladi. Ammo 2003 yilda baliq yomg‘iri ko‘proq oxir zamonni eslatib yubordi, chunki baliqlar osmondan butun bir kun davomida yog‘ilib turdi.

Meduza yomg‘iri
Tokio, 1998 yil
Shilimshiq mavjudotlar Tokio ko‘chalarini to‘ldirdi, mahalliy hukumatga esa yo‘llarni tozalash uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ldi.

Bug‘doy yomg‘iri
Ispaniya, 1804 yil
Aynan Ispaniya janubida hosilsizlik kuzatilayotgan bir paytda bug‘doy yomg‘iri mahalliy aholi uchun xudoning mo‘’jizasi bo‘lib tuyuldi. Oxir-oqibat, kuchli musson Shimoliy Afrikadagi omborlarni buzib, bug‘doyni o‘sha erdan olib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Qush yomg‘iri
AQSh, 2011 yil
Rojdestvo arafasidagi tunda AQShning Arkanzas shtati osmonidan naq besh mingga yaqin o‘lik qorayaloq qushlari yog‘ildi. Parrandashunoslar bu qushlar qayerdan kelgani va ular nima uchun nobud bo‘lganini aniqlay olmadi.

Chuvalchang yomg‘iri
Shotlandiya, 2011 yil
Shotlandiyalik maktab o‘quvchilari futbol maydonida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda ularning ustiga chuvalchang yomg‘iri yog‘ib berdi. Ammo buning sababi topilmadi, axir o‘sha kuni yaqin orada na bo‘ron, na qandaydir kuchli shamol ham kuzatilmagan edi-da.

O‘rgimchak yomg‘iri
Avstraliya, 2015 yil
Bunaqasi faqat Avstraliyada sodir bo‘lishi mumkin. Goulbern yaqinida maxsus yengil «parashyutlar»ni to‘qib, shu tariqa okrug bo‘ylab sayohat qiluvchi o‘rgimchaklar koloniyani tashkil qildi. Ammo kutilmagan quyun butun koloniyani dast ko‘tarib, to‘g‘ri avstraliyaliklarning boshlariga olib bordi.

Qurbaqa yomg‘iri
Serbiya, 2005 yil
Osmondan qurbaqalar yog‘ilgan vaqtda mahalliy aholi sarosimaga tushib qoldi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, kuchli quyun badbaxt qurbaqalarni yaqin oradagi ko‘ldan olib, shahar ustiga sochgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meduza, chuvalchang, o‘rgimchak va tarixdagi boshqa eng g‘alati yomg‘irlar