23:23 / 14.08.2017
7 121

Turkmaniston prezidenti yangi kitobini o‘z otasining qatiyatligiga bag‘ishladi

Turkmaniston prezidenti yangi kitobini o‘z otasining qatiyatligiga bag‘ishladi
12 avgust kuni Turkmaniston ichki ishlar vazirligining harbiy qismlaridan birida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning «Mard yigitlar qahramonliklar uchun tug‘iladilar” deb nomlangan yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning yangi kitobi Turkmaniston IIV tarixiga va prezidentning otasi Myalikguli Berdimuhamedovning mazkur tuzilmadagi faoliyatiga bag‘ishlanadi, deya xabar berdi Turkmaniston rasmiy OAV.

Davlat rahbarining yozishicha, otasining hayot yo‘li o‘zi uchun hamisha namuna bo‘lib kelgan, ajdodlarning ajoyib va ma’naviy sifatlari esa – hayot maktabidir.

Bu Turkmaniston prezidentining oilasiga bag‘ishlangan navbatdagi kitobidir. Bundan avval nashr qilingan "Dovlet gushы" otasi Myalikguli Berdimuhamedovga, "Alem ichre at gezer" kitobi esa buvasi Berdimuhammed Annaevga bag‘ishlangan edi.

2007 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Turkmaniston prezidenti turli mavzulardagi, jumladan, tarix, iqtisod, dorivor o‘simliklar, turkman ananalariga bag‘ishlangan 40dan ortiq kitobning muallifidir. Birgina 2016 yilda prezident 7 ta kitob yozdi.

Turkmaniston o‘rta maktablarida o‘qituvchilardan dars mobaynida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblaridan iqtiboslar keltirish talab qilinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti yangi kitobini o‘z otasining qatiyatligiga bag‘ishladi