12:15 / 16.08.2017
7 264

Afrikada pushti rang filchani ko‘rib qolishdi (video)

Afrikada pushti rang filchani ko‘rib qolishdi (video)
Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida sayr qilib yurib, sayyoh pushti rangli filchani ko‘rib qoldi va videoga oldi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Noodatiy tusli filcha suv havzasida boshqa fillar bilan birga sho‘xlik qilmoqda. Unga g‘amxo‘rlik qilib, mehr ko‘rsatishmoqda va o‘z urug‘doshlariga o‘xshamaganligi uchun hech ham azob chekmayapti.

Albinizm — organizmda teri va soch rangi, ko‘z rangdor pardasining tusi uchun javob beradigan melanin pigmentining bo‘lmasligi bilan tavsiflanadigan kasallik.

Albinos jonivorlarning hayot uchun kurashishi juda qiyin: ular o‘z urug‘doshlari orasida ajralib turgani uchun, yirtqichlar ovining birinchi galdagi ob’ektiga aylanadi. Bundan tashqari, ularni kamyob terini qo‘lga kiritish istagidagi brakonerlar alohida o‘jarlik bilan ta’qib qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada pushti rang filchani ko‘rib qolishdi (video)