03:04 / 18.08.2017
6 078

Polisiya Barselonadagi teraktning ikkinchi ijrochisini otib tashladi

Polisiya Barselonadagi teraktning ikkinchi ijrochisini otib tashladi
Barselonadagi teraktda ishtirok etgan ikkinchi jinoyatchi Kataloniya polisiyasi tomonidan otib tashlandi. Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, otishma Barselona chetidagi San-Just-Desvern shaharchasida ro‘y berdi. Polisiya kordonini yorib o‘tishga uringan erkak otib o‘ldirildi.

Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polisiya Barselonadagi teraktning ikkinchi ijrochisini otib tashladi