15:32 / 18.08.2017
7 423

Amerika maxsus xizmati Suriyada oddiy xalqni emas, terrorchilarni himoya qilayotgani haqidagi sir ochildi…

Amerika maxsus xizmati Suriyada oddiy xalqni emas, terrorchilarni himoya qilayotgani haqidagi sir ochildi…
Kuni kecha Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida Amerika qurolli kuchlari, aniqrog‘i, maxsus xizmat vakillari favqulodda qutqaruv operasiyasini tashkil etishdi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, ular tinch aholi vakillarini jangarilar hujumidan saqlash uchun emas, dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» kallakesar jangarilar guruhi etakchilaridan birini xavfsiz joyga ko‘chirish uchun ushbu operasiyani amalga oshirgan ekan. Xuddi shu haqda «Al-Ahd News» agentligi ma’lumot tarqatgan..

Xabarlarga ko‘ra, qutqarib qolingan jangari terror guruhining moliyaviy ahvoli uchun javobgar kimsa bo‘lgan. Amerikaliklar u bilan birga jami oilasini ham xavfsiz joyga ko‘chirishdi. Ammo bu amerikaliklarning birinchi ko‘zbo‘yamachiligi emas. Azaldan terrorchilar bilan hamkorlik qilishi, ularga qurol sotishi, Iroq va Suriyada kutilmaganda hukumat armiyasiga hujumlar uyushtirishi dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lib ulgurgan.

Masalan, Rakkani olaylik. Bu erda qonli janglar davom etayotgan bir paytda Amerika harbiy havo kuchlari jangarilarni yo‘q qilish uchun hech qanday harakat sodir etmagan, aksincha, ularni xavfsiz joyga ko‘chirish bilan band bo‘lgan. Yanada aniqroq aytganda, Rakkadagi jangarilarni Palmiraga olib o‘tib qo‘ygan. Shu yo‘l bilan kallakesarlarning asosiy kuchlari Rakkadan Palmiraga tashlangan.

— Olov bo‘lmasa, tutun ham bo‘lmaydi, — deydi sharqshunos olimlardan biri Andrey Chuprigin. — Amerika tarafi o‘sha qonxo‘r va vahshiy jangarilarga arzongarov qurol sotadi, ularni ochiqchasiga himoya qiladi. To‘satdan Suriya hukumat armiyasiga, vatanini terror balosidan asrash niyatida kurashayotgan armiyaga raketa hujumlarini yo‘llaydi, o‘zi yo‘l qo‘ygan gunohlarni ham xuddi shu armiya gardaniga yuklaydi.
Mana, uzoqqa bormaymiz. 2014 yili Amerika tarafi Bolgariya va Belorussiyadan tankka qarshi harbiy qurollar shodasini sotib oldi.

Keyinchalik bu qurollar Suriyadagi hukumat armiyasiga qarshi kurash olib borayotgan qo‘zg‘olonchilar otryadlari qo‘lida paydo bo‘ldi.
Yana bir haqiqat. Amerikaliklar Suriya hukumat armiyasi hujumlaridan Dayr-az-Zorni qattiq turib himoya qilishmoqda. Chunki ular yaxshi biladi, agar Suriya hukumat armiyasi shu hududga kirib kelsa, urush tugaydi. Shubhasiz, urush tugasa, amerikaliklarning tijorati ham yakun topadi. Shu oddiy haqiqatdan ham Amerikaning urushlar natijasida katta pul topayotganini bilib olish qiyin emas. Afsuski, Yaratgan egam barchasini ko‘rib turibdi. Amerika hukumati, harbiy tashkilotlari amalga oshirayotgan bu adolatsizliklar bir kun kelib albatta jazosiz qolmaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika maxsus xizmati Suriyada oddiy xalqni emas, terrorchilarni himoya qilayotgani haqidagi sir ochildi…