AQShdagi Jon Hopkins universiteti olimlar guruhi Mars sayyorasi sirtida — ekvatori yaqinida muz shaklidagi katta suv zaxirasi borligini aniqlashgan. Ular bunday xulosaga Mars Odyssey orbital apparatidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib bo‘lishganidan so‘ng kelishgan. Lekin Qizil sayyora iqlimi hisobga olinadigan bo‘lsa, sayyoraning bu hududida suv topilishi amri mahol. Bu haqda ScienceAlert nashri maqola e’lon qilgan.
Mars Odyssey Mars sirtidan 4 ming kilometr balandlikda joylashganligi sababli u sayyora gruntidagi suv miqdorini bevosita aniqlay olmaydi. Biroq u kosmik nurlarning suv tarkibiga kiruvchi vodorod bilan to‘qnashuvidan so‘ng paydo bo‘ladigan neytronlarni qayd eta oladi. Bu hodisa 2002 yildayoq Qizil sayyorada suv borligini aniqlashda qo‘l kelgan, lekin o‘shanda sayyoraning qutblari tilga olingan edi. Shu paytgacha ekvatorda suv tezda bug‘lanib ketadi, deb hisoblab kelinayotgan edi.
Apparat ma’lumotlariga ko‘ra suv zaxiralarining xaritasi yaratilishiga imkon bergan yangi statik uslublar yordamida muzlar sayyoraning issiqroq hududlarida ham mavjudligi aniqlandi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bunday g‘ayrioddiy natijalar kelib chiqishi Marsning o‘qi bir necha million yillar muqaddam boshqa burchak ostida joylashgani va ekvatorda ko‘plab miqdorda suv yig‘ilib qolgani bilan tushuntirildi. Biroq muzga aylangan suv qandaydir sabab bilan o‘z holatini o‘zgarmasdan saqlanib kelmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi