10:07 / 22.08.2017
6 005

KXDR AQShga yana tahdid qildi

KXDR AQShga yana tahdid qildi
Janubiy Koreya chegarasidagi Pxanmundjom punktida joylashgan Koreya xalq armiyasi harbiy qo‘mondonligi AQSh va Janubiy Koreyaga dushanba kuni boshlangan "Ilchi — Fridom Gardian" (Ulchi Freedom Guardian) nomli harbiy mashg‘ulotlar uchun munosib javob qaytarish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar qilgan. Rasmiy Pxenyan ushbu harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni bo‘lajak harbiy to‘qnashuv oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik deb bilmoqda.

“Ogohlantirishlarimizga qaramasdan, tahlikali harbiy provakasiya olib borayotganlar (AQSh va J.Koreya) jazoga mahkumdir”, deyiladi KXDR harbiy qo‘mondonligi bayonotida.

Pxenyan shuningdek, mamlakat armiyasi har qanday vaziyatga tayyor turganligini, agar o‘quv mashg‘ulotlari tufayli harbiy harakatlar boshlangudek bo‘lsa ham, bunga faqat AQSh tomoni aybdor bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan.

Dushanba kuni boshlangan harbiy mashg‘ulotlar 10 kun davom etadi va unda 50 ming Koreya va 17mingdan ziyod AQSh harbiylari ishtirok etadi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR AQShga yana tahdid qildi