23:41 / 22.08.2017
5 581

Poroshenko: ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa EIga vizasiz borish ochilmoqda

Poroshenko: ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa EIga vizasiz borish ochilmoqda
Ukraina etakchisi Pyotr Poroshenkoning Xarkov viloyatida ko‘prikning ochilish marosimidagi chiqishida ma’lum qilishicha, mamlakat qaytib kelmaydigan nuqtadan o‘tdi.

Ukraina prezidentining chiqishini «112 Ukraina» telekanali translyasiya qildi.

«Ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa Evroittifoqqa vizasiz kirish ochilmoqda. Hamda hozirgi vaqtda bu qaytib kelmaydigan nuqta emas. Bu biz Sovetlar Ittifoqi va Rossiya imperiyasiga hech qachon qaytmasligimizni anglatadi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Keyinchalik o‘z Twitter’ida Poroshenko Ukraina «qaytib kelmaslik nuqtasi»dan o‘tganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, ukrainlarga esa EIga vizasiz borish imkoniyati ochilmoqda. Biz qaytib kelmaslik nuqtasidan o‘tdik», - deya yozgan Ukraina rahbari.

O‘tgan oyda Poroshenko AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagandi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko: ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa EIga vizasiz borish ochilmoqda