08:24 / 24.08.2017
7 679

Terrakota armiyasi yaratilishi siri ochildi

Terrakota armiyasi yaratilishi siri ochildi
Xitoylik va britaniyalik olimlar guruhi “terrakota armiyasi”– Xitoy imperatori Sin Shixuandi maqbarasida ko‘milgan minglab askarlar va otlar haykallari qanday yaratilganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu tadqiqot haqidagi ma’lumotlar Antiquity jurnalida chop etildi.

Olimlar “armiya” yaratilgan loy tarkibini tahlil qilib, haykallar uchun xom ashyo maqbara yaqinidagi joydan olingani haqidagi xulosaga kelishgan. So‘ngra loy turli ustaxonalar orasida taqsimlab chiqilgan. Bundan haykallarni yaratishda qo‘llangan qorishmalar tarkibining turfaligi darak bermoqda.

Haykallar tana qismlari alohida yasalgan, ba’zi qismlar esa hattoki qoliplarda quyilgan. Olimlarning aytishicha, askarlarning 10 taga yaqin asosiy yuz shakllari bo‘lgan. So‘ngra ularga individual qiyofalar berilgan.

Haykallar pechlarda pishitilgandan keyin bo‘yalib, lak bilan qoplangan.

Shu bilan birga olimlar haykallar yaratilgan ustaxonalar qayerda joylashgan bo‘lganini hali aniqlashga muvaffaq bo‘lmaganlar.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Terrakota armiyasi yaratilishi siri ochildi