11:34 / 26.08.2017
8 428

Amerikalik yigit sevgan qizini otib o‘ldirdi, keyin jasadni jarga tashlab yubordi. Nega?..

Amerikalik yigit sevgan qizini otib o‘ldirdi, keyin jasadni jarga tashlab yubordi. Nega?..
Amerikaning Alabama shtatida yashovchi 18 yashar Jolli Kallan ismli yigit 20 yoshli Loren Bannerni sevardi. Afsuski, qiz uni sevmasligini, yaxshisi do‘st bo‘lib qolishni bayon qildi. Shubhasiz, bu yigitning alamini keltirdi. Kunduzlardan birida qizni sayrga chaqirdi.

Yo‘l-yo‘lakay Bannerni jar yoqasiga turg‘azib qo‘yib suratga oldi. Shundan so‘ng to‘pponchadan avval qizning orqa miyasiga o‘q uzdi, ketidan ikki ko‘zi o‘rtasini nishonga oldi. Banner olamdan o‘tgach, jasadini xuddi o‘sha o‘zi suratga olgan jarga olib borib tashladi.

Suratlarni esa «Instagram»da e’lon qildi. Hoynahoy jinoyatini shu yo‘l bilan sir tutmoqchi bo‘ldi. Lekin vijdoni qiynaldimi, yo qo‘rquv ustun keldimi, bir kuni politsiyaga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib jinoyat sodir etganini bildirdi. Politsiyachilar favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari ko‘magida qizning jasadini jarlikdan tortib olishdi.

Tergov jarayonida Jolli muhabbati rad etilgani sababli qizdan qasd olganini aytib o‘tdi.
Sud Jolli Kallanni 52 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e’lon qildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik yigit sevgan qizini otib o‘ldirdi, keyin jasadni jarga tashlab yubordi. Nega?..