11:47 / 26.08.2017
6 715

Shimoliy Koreya ilk bor Rossiyada sayyohlik agentligini ochdi!..

Shimoliy Koreya ilk bor Rossiyada sayyohlik agentligini ochdi!..
Agentlik rus, ingliz, fransuz va xitoy tilida ish olib boradi. Aksariyat guruhlar 10 kishidan iborat bo‘ladi. Bir kishilik xizmat ham tashkil etilganki, barcha talab qilinadigan to‘lovlarni amalga oshirgan sayyoh ikki davlatda maxsus kuzatuvchi nazorati ostida sayohat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Sayohatni guruhga bo‘linib tashkil etilish muddati 4 kunga mo‘ljallangan va bu 51 ming rubl turadi. Bu haq Rossiya ichkarisida amalga oshiriladigan sayohat uchun to‘lanadi. Shimoliy Koreyadan Vladivostokkacha bo‘lgan masofa uchun sayyohning o‘zi alohida to‘lovni amalga oshirishi zarur bo‘ladi.

Rasman Shimoliy Koreya sayyohlik agentligi ish boshlaguncha rossiyalik sayyohlarning bu mamlakatga borishi masalasini Rossiya kompaniyalari hal etayotgandi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya ilk bor Rossiyada sayyohlik agentligini ochdi!..