14:45 / 26.08.2017
8 821

Mumiyolangan jasad qoldiqlarida jigar parazitlari aniqlandi

Mumiyolangan jasad qoldiqlarida jigar parazitlari aniqlandi
Olimlar 375 yillik mumiyolangan jasad qoldiqlaridan jigar parazitlarini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, bu jigar parazit mavjudligi tasdiqlovchi eng qadimgi daliliy ashyolardan biri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mumiyolangan shaxs xitoylik erkak kishi bo‘lib, u 1642 yilda vafot etgan. Oradan 372 yil o‘tib, 2014 yilda uning mumiyolangan jasadi topilgan. Kompyuter tomografiyasi mumiyo jigaridan g‘alati shakldagi belgilarni topgan.

Tadqiqotchilar mumiyolangan jasadni tekshirib ko‘rishganida, uning jigar to‘qimalarida Paragonimus westermani ko‘rinishidagi trematodlarni, ya’ni parazit qurtlar qoldig‘i borligini aniqlashgan.

Olimlarning fikricha, o‘rta asrlarda Osiyo hududida parazitik kasalliklar keng tarqalgan bo‘lgan. Masalan, tadqiqotlar 15–18 asrlarda yashagan 18 ta mumiyolangan jasadlarda turli parazit kasallik alomatlarini mavjudligini topishgan. Mazkur mumiyolangan jasadlarning egalari koreys millatiga mansub kishilar bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mumiyolangan jasad qoldiqlarida jigar parazitlari aniqlandi