22:02 / 26.08.2017
6 084

Nazarboyev xalqaro ko‘rgazmaning O‘zbekiston pavilonida

Nazarboyev xalqaro ko‘rgazmaning O‘zbekiston pavilonida
Nursulton Nazarboyev “Ostona EKSPO-2017” nomli xalqaro ko‘rgazma ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U Rossiya, Koreya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklarining milliy pavilonlariga tashrif buyurdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti “Ostona EKSPO-2017” ko‘rgazma kompleksi hududida barpo etilgan “Xilton” mehmonxonasining ochilish marosimida ham ishtirok etgani haqida ma’lumotlar bor.

Ko‘rgazmaga tashrifida Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston pavilonidagi ilmiy-ishlab chiqarish ishlanmalari, loyihalar, shu jumladan, “Elektrokart” tajriba platformasi hamda transport vositalari bilan tanishdi.

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti o‘zaro hamkorlik doirasida ushbu loyihalar istiqbolda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Avvalroq, Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilayotgan EKSPO-2017 butunjahon ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgani va unda o‘zbek-german korxonasi benzinga muqobil bo‘lgan gazda harakatlanuvchi avtobusini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev xalqaro ko‘rgazmaning O‘zbekiston pavilonida