11:32 / 29.08.2017
5 771

Ukraina Rossiyani rasman "bosqinchi davlat" deb e’lon qilishni rejalashtirmoqda

Украина Россияни расман "босқинчи давлат" деб эълон қилишни режалаштирмоқда
Ukraina Donbassning qayta integratsiya bo‘lishi haqidagi qonun loyihasida Rossiyani "agressor mamlakat" deb e’lon qiladi. Bu haqda Ukraina prezidentining Oliy Radadagi vakili Irina Lutsenko Pyatiy kanal efirida so‘z yuritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi "99,9 foizga tugagan va parlamentda ro‘yxatdan o‘tishga tayyor". Lutsenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina "Normandiya to‘rtligi" (Rossiya, Ukraina, Germaniya, Fransiya) va AQSh bilan shu masalada maslahatlashgan.

"Ilk marotaba qonunchilik negizida Rossiya bosqinchi mamlakat degan tushuncha kiritiladi", — degan Lutsenko.

Lutsenkoning qo‘shimcha qilishicha, Donbassning qayta integratsiya qilinishiga doir qonun loyihasida BMT Nizomining 51-moddasi, ya’ni o‘zini-o‘zi himoya qilishga bevosita urg‘u berilgan.

"Bu Ukraina o‘zini o‘zi himoya qilishga haqli ekanini anglatadi. Yana bir marta — bu urush emas, balki o‘zini himoya qilishdir. Va bu Xalqaro valyuta jamg‘armasi, sarmoyadorlar bizga pul berishi uchun", —degan prezident vakili.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy radaga Donbass bo‘yicha qonun loyihasini kiritish rejasi haqida so‘z yuritgan edi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyani rasman "bosqinchi davlat" deb e’lon qilishni rejalashtirmoqda