13:24 / 29.08.2017
4 986

Janubiy Koreya KXDRni ogohlantirib qo‘ydi

Жанубий Корея КХДРни огоҳлантириб қўйди
Janubiy Koreya mudofaa rivoji bo‘yicha agentligi o‘tgan hafta amalga oshirilgan ballistik raketalar sinovi tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Yozuv KXDR navbatdagi marta raketa uchirganidan bir necha soat o‘tib Internetda paydo bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ryonxap agentligining xabar qilishicha, 86 soniya davomiylikka ega videoda harakat radiusi 500 va 800 kilometr bo‘lgan raketalar sinovi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ularning har ikkisi yer va suvdagi nishonlarni aniq mo‘ljalga olgan.

Janubiy Koreya mudofaa rivoji bo‘yicha agentligi vakilining aniqlik kiritishicha, raketalar Koreya Respublikasining ogohlantiruvchi zarbalar tizimi va ommaviy jazolash sxemasida asosiy elementlardan biriga aylanadi.

- Bizning harbiylar Shimoliy Koreyadagi istalgan nuqtaga aniq va kuchli zarba berish imkoniyatlariga ega. Vaziyat shuni talab qilsa, bu ro‘y berishi mumkin, - deya ta’kidlanadi mahkama bayonotida.

Shimoliy Koreya 29 avgust erta tongda Kim Chen In rahbarligi ostida birinchi marta Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tgan raketa sinovini o‘tkazdi. Raketa Yaponiyadan sharqqa tomon 1,2 ming km uzoqlikda Tinch okeaniga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya KXDRni ogohlantirib qo‘ydi