22:37 / 07.09.2017
7 734

Xitoylik o‘qituvchi bajarilmagan vazifa uchun barcha o‘quvchilarni kaltakladi (video)

Xitoylik o‘qituvchi bajarilmagan vazifa uchun barcha o‘quvchilarni kaltakladi (video)
Xitoyda o‘rta maktab o‘qituvchisi yomon bajarilgan vazifa uchun o‘quvchilarini do‘pposladi. Bu haqda Darakchi nashri yozmoqda.

O‘qituvchining qahridan umumiy hisobda 20 nafar o‘quvchi jabrlandi. Voqea o‘quv yilining ilk kuni, 1 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. O‘qituvchi ilk o‘qish kuni sinfda klassik poeziyadan diktant o‘tkazdi. Ishlarni tekshirib chiqqach, butun sinf vazifani bajara olmaganining guvohi bo‘ldi.

Shunda g‘azablangan o‘qituvchi har bir bolaning oldiga borib, yuziga tarsaki tushirdi. O‘quvchilardan biri bu holatni suratga olib, internetga joyladi.

Hodisa ma’lum bo‘lgach, qishloqdan shaharga yaqindagina kelgan o‘qituvchi ishdan chetlatildi va barchadan qilmishi uchun uzr so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik o‘qituvchi bajarilmagan vazifa uchun barcha o‘quvchilarni kaltakladi (video)