17:25 / 08.09.2017
11 244

Yangi xabar: Myanmada musulmonlarning qatliomiga fatvo bergan lider o‘ldirildimi?

Yangi xabar: Myanmada musulmonlarning qatliomiga fatvo bergan lider o‘ldirildimi?
Xorij matbuotida Myanmaning Arakan shtatida musulmonlarning qatliomiga fatvo bergan buddist ruhoniy lider o‘ldirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ruhoniy lider o‘tgan kunning tongida chechenlar tomonidan tansoqchilari bilan birgalikda olib qochilgan. Hordiq.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, o‘ldirilgan liderning ko‘zlari ham o‘yib olingan.

Ayni damda Myanma hukumati va Yevropa xalqlari jurnalistlarining nigohi yana Ramzan Qodirovni izlayapti, deyiladi xabarda.

Bunga sabab qilib biroz avval Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qatliom va unga Rossiyaning qo‘ygan vetosi to‘g‘risida instagramdagi sahifasida qilgan jonli chiqishi ko‘rsatilgan.

— Yevropada yoki Amerikada birorta portlash sodir bo‘lsa, darrov musulmonlarga reaksiya berishadi. Ammo uch kunda minglab musulmonlar o‘ldirildi, negadir ular jim… Doim aytganman va yana qaytaraman, musulmonman degan borki mening og‘am, mening inim. Myanmaga qo‘shin kiritishim haqida murojaatlar ko‘p. Buning uchun vakolatim yo‘q va yolg‘iz o‘zim qaror qabul qilolmayman. Lekin shuni alohida ta’kidlashim kerakki, mabodo Rossiya bu iblislarni dastaklasa, unda men Rossiyaning bu faoliyatiga qarshiman!

Ammo, ta’kidlash lozimki, o‘sha chiqishidan so‘ng Ramzan Qodirov ushbu so‘zlarini matndan yulib olib, noto‘g‘ri talqin qilgan jurnalistlarga norozilik bildirgan edi.

Yana shuni qayd etish lozimki, boshqa xorij manbalari xozircha ushbu xabarni tasdiqlamadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi xabar: Myanmada musulmonlarning qatliomiga fatvo bergan lider o‘ldirildimi?