13:04 / 09.09.2017
6 570

Kiyev markazida avtomobil portlashi videosi paydo bo‘ldi

Kiyev markazida avtomobil portlashi videosi paydo bo‘ldi
Internetda Ukraina poytaxti Kiyev markazida Toyota Camry avtomobili portlashi qayd qilingan videoyozuv paydo bo‘ldi. Video videoregistrator kamerasi tomondan muhrlangan. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.

Videoda portlash va mashina bo‘laklarining har tomonga otilayotganini ko‘rish mumkin.

Portlash 8 sentyabr soat 18:21da Kiyevdagi Bessarab bozori yonidagi ko‘chada yuz bergan.

Avtomobilda uch kishi bo‘lgan: erkak haydovchi, ayol va bola. Portlash oqibatida erkak halok bo‘lgan, ayol jiddiy jarohatlar olgan, bolaga esa hech narsa qilmagan.

Halok bo‘lgan shaxs Gruziyaning Timur Maxauri ismli fuqarosi bo‘lgan. Ukraina ichki ishlar vaziri matbuot kotibining aytishicha, u jinoiy doiralarda taniqli shaxs bo‘lgan. Ukraina OAV Maxauri avval Donbassdagi to‘qnashuvlarda ishtirok etganini ma’lum qilgan.

Politsiya ushbu holat yuzasidan “qasddan qotillik sodir etish” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev markazida avtomobil portlashi videosi paydo bo‘ldi