AQSh prezidenti Donald Tramp shu kuzda Osiyo davlatlari bo‘ylab turnega jo‘naydi. Bu haqda Oq uyda ma’lum qilingan.
Tramp Osiyoga ilk safari vaqtida Filippinda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy Osiyo va AQSh-ASEAN sammiti hamda Vetnamda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammitiga tashrif buyuradi. Bu sammitlar noyabrda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Tramp Xitoyga safar uyushtirmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi. Tramp matbuot xizmatida bu ma’lumotga izoh berilmagan.
Si Szinpin aprelda Trampni Xitoyga kelishga taklif qilgandi. Trampning qizi va kuyovi Ivanka Tramp va Jared Kushner Xitoyga yil oxirigacha borishga va’da berishgan. AQSh matbuotida ularning Xitoyga safaridan maqsad Trampning Xitoyga safariga tayyorgarlik qay yo‘sinda ketayotganini aniqlash bo‘lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?