06:30 / 19.09.2017
5 249

Dunyo bo‘ylab bir yilda qancha pora olinishi hisoblab chiqildi

Dunyo bo‘ylab bir yilda qancha pora olinishi hisoblab chiqildi
Dunyo bo‘ylab bir yilda olinadigan poralarning umumiy hajmi 2 trln dollarni tashkil qiladi. Bu haqda 18 sentyabrda Xalqaro valyuta jamg‘armasining taqsimlovchi direktori Kristin Lagard ma’lum qildi.

“Har yilgi poralar qiymati 1,5 trlndan 2 trln dollargachani, ya’ni dunyo YaIMining 2 foizini tashkil qiladi. Bu aysbergning uchinigina aks ettiradi va uzoq muddatli ta’sir anchagina chuqurdir”, deb aytgan Lagard Vashingtonda joylashgan Brukings nomidagi institutda korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan anjumanda.

XVJ rahbari jamg‘armaga kiruvchi davlatlarga poraxo‘rlikka qarshi kurashda yordam berilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Biz shuningdek jamoat arboblariga ta’sir ko‘rsatuvchi xalqaro xususiy o‘yinchilarga ham e’tibor qaratamiz. Xususiy o‘yinchilar korrupsiyani poralar vositasida vujudga keltirishi hamda unga pullarni yuvish va soliqlardan qochish yo‘li bilan bilvosita ko‘mak berishi mumkin”, deb aytgan Lagard.

Lagardning fikricha, natijaga erishish uchun “muammoning amaliy tomonini tan olish” va uni hal qilishning turli yo‘llariga tayanish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo bo‘ylab bir yilda qancha pora olinishi hisoblab chiqildi