10:31 / 19.09.2017
5 371

Xitoyda 5 mingdan ko‘proq mansabdor shaxs jazolandi

Xitoyda 5 mingdan ko‘proq mansabdor shaxs jazolandi
Xitoy hukumati avgustda partiya intizomini buzganlik uchun 5 ming 419 nafar mansabdor shaxsni jazoladi. Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasining intizomni tekshirish markaziy komissiyasi saytida ma’lum qilingan, deb yozadi Kun nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jazolangan amaldorlar xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadda foydalanish, sovg‘alar berish va olish, kelishilmagan mukofot va bonuslar berish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan 3859 ta ish figuranti hisoblanadilar. Ma’lum qilinishicha, 2017 yilning dastlabki 8 oyida komissiya partiya intizomi me’yorlari buzilgani bo‘yicha 28965 ta ishni tergov qilgan. Ularga ko‘ra, 40818 kishi jazolangan.

Xitoyda hokimiyat tepasiga Si Szinpin kelishi bilan korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kampaniya boshlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 5 mingdan ko‘proq mansabdor shaxs jazolandi