11:26 / 19.09.2017
3 817

«Mariya» dovuli tufayli mashhur «Aresibo» radioteleskopi o‘chirib qo‘yildi

«Mariya» dovuli tufayli mashhur «Aresibo» radioteleskopi o‘chirib qo‘yildi
Puerto-Rikoda dunyoda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan mashhur «Aresibo» radioteleskopi rahbariyati «Mariya» dovuli yaqinlashib kelayotgani tufayli, uning ishini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«‘Mariya’ dovuli xavfi tufayli, ‘Aresibo’ observatoriyasi tayyorgarlik jarayonlarini boshladi, — deyiladi tashkilot Twitter’ida. — Ham teleskopning, ham tadqiqot uskunasining himoyasi yoqiladi».

Teleskop orqali kuzatishlar 21 sentyabrgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, 27 sentyabrgacha teleskopga tashrif buyurish markazi yopiq bo‘ladi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, «Mariya» dovuli shamollari Puerto-Rikoga 19 sentyabr, seshanba kuni ertalab yetib borishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Mariya» dovuli tufayli mashhur «Aresibo» radioteleskopi o‘chirib qo‘yildi