AQShdagi eng yirik o‘yinchoq do‘konlari tarmog‘i bo‘lgan Toys 'R' Us sudga qarzni qayta tuzish uchun ixtiyoriy ravishda bankrotlik to‘g‘risida ariza yubordi. Bu jarayon kompaniyaning AQSh va Kanadadagi bo‘linmalariga tegishli bo‘ladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, do‘konlarning o‘zi «daromad keltirmoqda» hamda ishni davom ettiradi. Toys 'R' Us bosh direktori Deyv Brendonning ishontirishicha, do‘konlar 2017 yilgi bayram mavsumiga tayyor.
Toys 'R' Us qarzdorligi 5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qarzning katta qismi 2005 yilda kompaniya aksiyalari qayta sotib olinganidan so‘ng paydo bo‘lgan.
Kompaniya qarzning bir qismini yopish uchun turli sarmoyadorlar bilan 3 milliard dollar ajratish haqida kelishib oldi. Kelishuv sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Toys 'R' Us tarmog‘i 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda butun dunyo bo‘ylab taxminan 1600 ta do‘konga ega. 2016 yilda kompaniya savdolari 11,5 milliard dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?