Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelishuvdan voz kechsa, u holda bu Qo‘shma Shtatlarga "qimmat"ga tushishi mumkin. BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida shu haqida ma’lum qildi.
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, AQShning kelishuvdan chiqishi qimmatga tushadi. Eron prezidenti "amerikaliklar o‘zlariga foyda keltirmaydigan narsa uchun bunday "baland narx" to‘lashni istashmaydi", deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, agar AQSh prezidentining ma’muriyati yadroviy kelishuvdan chiqsa, bu xalqaro hamjamiyatning Vashingtonga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Ruhoniy Arakan shtatidagi voqealarga to‘xtalar ekan, rohingya-musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishi uchun Myanma hukumatini javobgarlikka tortish kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Arakan musulmonlariga gumanitar yordamni Myanmaga emas, Bangladeshga yo‘llash kerak. Bunday yordam bugungi kunda Arakan musulmonlari yashab kelayotgan qochqinlar lagerlariga bevosita yetkazilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi