03:31 / 20.09.2017
5 779

Eyfel minorasi atrofida balandligi 2 yarim metrga teng, o‘q o‘tmas shisha devor bunyod etiladi

Eyfel minorasi atrofida balandligi 2 yarim metrga teng, o‘q o‘tmas shisha devor bunyod etiladi
Bu haqida Parij hokimiyati ma’lum qildi. Hozirda 324 metrlik minora atrofida metal to‘siq bo‘lib, u 2016 yili futbol chempionati oldidan vaqtinchalik qurilgandi. 5 santimetrlik shisha devorni bunyod etish ishlari joriy yilning oxirida boshlanadi, deb yozmoqda «O'zbekiston24» sayti.

Bu yo‘l orqali hukumat qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilishining oldini olishga umid qilmoqda. Himoya devorining loyihasi 20 million yevroga baholangan. Hozirda tayyorgarlik ishlabi olib borilyapti. Ma’lumot uchun: har yili Eyfel minorasiga taxminan 7 million sayyoh keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eyfel minorasi atrofida balandligi 2 yarim metrga teng, o‘q o‘tmas shisha devor bunyod etiladi