16:51 / 20.09.2017
5 832

Xitoy dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tankerni suvga tushirdi

Xitoy dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tankerni suvga tushirdi
Xitoyda barpo etilayotgan hamda dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tanker ekani ta’kidlanayotgan kema Shandun sharqiy viloyatidagi Sindao shahrida suvga tushirildi. Shu bilan unga elektr uskunalarni joylash va barcha tizimlarni yakuniy sinovdan o‘tkazish so‘nggi bosqich boshlandi. Bu haqda «TASS» agentligiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Xitoy OAV tankerni "Dengiz giganti" deb atashmoqda. Bunday deyishga kemaning 10 qavatli uy balandligiga teng kelishi sabab bo‘lmoqda. Suv sig‘imi 400 ming tonna bo‘lgan kema uzunligi 362 metrni, balandligi 30,4 metrni tashkil etadi. U 25,5 ming dengiz miligacha safar qila oladi hamda tezligini soatiga 14,5 uzlga yetkazadi. Tankerning umumiy foydali maydoni 3 ta futbol maydoniga teng.

Xitoy kelgusida 30 ta shunday kema barpo etishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda qurilayotgan yangi tanker Braziliyadan temir rudasini keltiradi. Hozircha, uning qachon foydalanishga topshirilishi ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tankerni suvga tushirdi