21:41 / 20.09.2017
10 985

Armaniston Ozarbayjon hududlarini qaytarib beradimi?

Armaniston Ozarbayjon hududlarini qaytarib beradimi?
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan oltinchi Arman diasporasi forumida so‘zga chiqqan mamlakat tashqi ishlar vaziri Eduard Nalbandiyan Armaniston hukumati qo‘shib olingan Ozarbayjonning ayrim yerlarini rasmiy Boku hukumatiga qaytarishi mumkinligini aytdi.

“Tog‘li Qorabog‘ masalasini hal etishda Yevropa xavsizlik va hamkorlik tashkiloti yordamidan foydalanishimiz kerak. Biz Tog‘li Qorabog‘dan tashqari Ozarbayjonning ayrim yerlarini qaytarib beramiz”, deb ta’kidlagan Eduard Nalbandiyan.

Ayrim siyosatchilarning fikriga ko‘ra, Armaniston hukumatining bu qarorga kelishi ortida Rossiya turibdi.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Aleksandr Dugin bergan bayonotida “Tog‘li Qorabog‘ masalasi sabab Moskva va Baku o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanmasdan qolmoqda”, deb ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon mamlakatlari Tog‘li Qorabog‘ masalasidagi qarama-qarshiliklar 1988 yildan beri davom etib kelmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston Ozarbayjon hududlarini qaytarib beradimi?