22:24 / 20.09.2017
5 020

Mara Salvatruche — AQShni larzaga solayotgan jinoyatchilar guruhi

Mara Salvatruche — AQShni larzaga solayotgan jinoyatchilar guruhi
Bugungi kunda AQSh tomonidan dunyoning turli mintaqalarida harbiy harakatlar olib borilmoqda. Biroq AQShning o‘z hududida ham butun boshli jinoyatchilar guruhi mavjud. Ulardan eng dahshatlisi — MS-13 guruhidir.

Mara Salvatruche — qisqacha MS-13, dunyodagi eng vahshiy to‘da sifatida ta’kidlanadi. Ushbu guruh shunchalik dahshatliki, unga “Al-Qoida”dan ham xavfliroq deb ta’rif beradilar.

Bu guruh Donald Tramp saylovoldi dasturidan ham o‘rin olgan edi. U “Al-Qoida”dan ham dahshatliroq bo‘lgan guruhni yo‘qotish kerakligini aytib o‘tgan edi.

Amerika qit’asida (AQSh, Salvador, Gvatemala, Gonduras va Meksika) keng yoyilgan ushbu guruh boshqa jinoiy sindikatlar qatori ulkan daromadga ega bo‘lmasada, terrorchi tashkilotning maqsadi ularning yo‘lida chiqqan har bir odamning yuragiga qo‘rquv solishdan iborat.

Hozirgi kunda ushbu guruh AQShning 42 ta shtati va Lotin Amerikasining bir qancha davlatlarida faoliyat yuritadi. Uning safida 70 mingdan 100 ming kishigacha a’zo bor.

Daromad manbai AQShga Meksikadan noqonuniy olib o‘tiladigan narkotiklar savdosidan shakllanadi. To‘daning sevimli quroli bo‘lib, qurol yordamida jinoyatlarda “imzo” qoldiradilar. Ular qurbonlarining tanasiga 13 marta pichoq sanchadilar.

MS-13dagi “13” soni bu lotin alifbosida “M” harfining 13-o‘rinda joylashgani bilan bog‘liq bo‘lib, “Mara” jinoyatchi to‘da degan ma’noni anglatadi. Mara Salvatruche “salvadorlik chumolilar to‘dasi” degan ma’noni bildiradi.

Narkotiklardan tashqari bu to‘da odam savdosi bilan shug‘ullanadi. 2002 yilda MS-13 tomonidan Bostonda qilingan dahshatli jinoyat barchani larzaga solgan. O‘shanda terrorchilar ikki nafar nogiron qizning nomusiga tegishadi. Qizlardan biri nogironlik aravachasida bo‘lgan, ikkinchisining esa qulog‘i eshitmagan.

Bu guruhga qo‘shilmoqchi bo‘lgan odamlar o‘ziga xos tarzda sinovdan o‘tadi. Yangi kelgan odam 13 soniya davomida savalanadi. Ularning shiori esa quyidagicha: “O‘ldir. Zo‘rla. Boshqar.”

To‘daga a’zolar o‘zlarini yashirmaydilar, ularning tatuirovka va oq-ko‘k to‘rtburchak bezakli liboslaridan tanish mumkin.

AQSh hukumati sindikat a’zolarini va yetakchilarini mamlakatdan deportatsiya qiladi, biroq bu to‘daning foydasiga ishlaydi.

To‘da a’zosi o‘z tanasiga MS-13 nomi bilan birga uchta nuqtaning tasvirini tushiradi. Bu esa har bir a’zoning oldida faqat uch yo‘l borligini bildiradi. Bu yo‘llar kasalxona, qamoq va qabristondir...

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mara Salvatruche — AQShni larzaga solayotgan jinoyatchilar guruhi