09:13 / 23.09.2017
5 672

Turkish Airlines Boeing’dan 10,8 milliard dollarga 40 ta Dreamliner samolyotini buyurtma qilishni rejalashtirmoqda

Turkish Airlines Boeing’dan 10,8 milliard dollarga 40 ta Dreamliner samolyotini buyurtma qilishni rejalashtirmoqda
Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Boeing korporatsiyasi bilan 40 ta Boeing 787-9 Dreamliner keng fyuzelyajli yo‘lovchi samolyotini xarid qilish to‘g‘risidagi dastlabki kelishuvni imzoladi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Shartnoma 10,8 milliard dollarga baholanmoqda. Kelishuvni Nyu-Yorkda Turkish Airlines direktorlar kengashi raisi Ilker Ayji va Amerikaning Boeing korporatsiyasi raisi o‘rinbosari Roy Konnor imzoladi. Shartnomani imzolash tantanali marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qatnashdi.

«787 Dreamliner dunyodagi eng ilg‘or texnologik samolyot hisoblanadi. Istanbul uchinchi aeroporti uchun keng fyuzelajli samolyotlar zarur. Biz, shuningdek, Respublika 100 yilligiga samolyotlar parkimizni kuchaytirish istagidamiz», — deya ta’kidladi Ayji.

Turkish Airlines kompaniyasi ixtiyorida 335 ta samolyot bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkish Airlines Boeing’dan 10,8 milliard dollarga 40 ta Dreamliner samolyotini buyurtma qilishni rejalashtirmoqda