09:26 / 24.09.2017
5 889

Shimoliy Koreya sohillari ustidan AQShning F-15 samolyotlari uchib o‘tdi

Shimoliy Koreya sohillari ustidan AQShning F-15 samolyotlari uchib o‘tdi
AQShning harbiy imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida Shimoliy Koreya sohillari uzra AQShning F-15 qiruvchi samolyotlari hamrohligida B-1B Lancer strategik bombardimonchilari uchib o‘tdi. Bu haqda Pentagon vakili Dana Uayt ma’lum qildi, deb yozadi Kun nashri.

AQShning Tinch okeanidagi Guam oroli va Yaponiyaning Okinava orolidan havoga ko‘tarilgan samolyotlar Shimoliy Koreyadan sharqiy tomondagi xalqaro havo hududlaridan uchib o‘tgan.

Samolyotlar qurolsizlantirilgan hududdan shimol tomon 21-asrda avval kuzatilmagan darajada ichkariroq kirib borishgan. "Bu biz Shimoliy Koreyaning aqlsizligini jiddiy qabul qilishimizni ta’kidlaydi. Bu missiya AQSh qat’iyatini namoyish qilish va prezident Tramp istalgan tahdidni yakson qilish uchun ko‘plab harbiy variantlarga egaligini aniq bildirib qo‘yishga qaratilgan", deb aytilgan xabarda.

Uayt Shimoliy Koreyaning qurol-aslaha yaratish bo‘yicha dasturini xalqaro hamjamiyatga xavf deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya sohillari ustidan AQShning F-15 samolyotlari uchib o‘tdi