12:46 / 30.09.2017
5 358

AQSh 1 oktyabrdan boshlab Yevropa va Markaziy Osiyodan 2 ming muhojirni qabul qiladi

AQSh 1 oktyabrdan boshlab Yevropa va Markaziy Osiyodan 2 ming muhojirni qabul qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 oktyabrdan boshlab 45 ming muhojirni qabul qilish kvotalarini tasdiqladi. Kvotalar hududlar bo‘yicha taqsimlanadi, biroq davlat departamenti zarur hollarda qo‘llanilmagan kvotalarni bir hududdan boshqasiga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Kvotalar Afrika mamlakatlaridan 19 ming, Sharqiy Osiyodan 5 ming, Yevropa va Markaziy Osiyodan 2 ming nafargacha muhojirni AQShga kirib kelishiga ruxsat beradi. Shuningdek, hujjat Lotin Amerikasi hamda Karib havzasi mamlakatlaridan 1,5 ming muhojirni, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodan 17,5 ming muhojirni qabul qilishni hisobga olgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘p marotaba noqonuniy muhojirlar muammosini hal etish — ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlagan. Uning tashabbuslari orasida — Meksika chegarasi bo‘ylab devor qurish va’dasi hamda Green Card lotereyasini bekor qilish kabi taklif ham mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh 1 oktyabrdan boshlab Yevropa va Markaziy Osiyodan 2 ming muhojirni qabul qiladi