14:24 / 30.09.2017
21 806

Vanganing Rossiya haqidagi yana bir hech kimga ma’lum bo‘lmagan bashorati…

Vanganing Rossiya haqidagi yana bir hech kimga ma’lum bo‘lmagan bashorati…
Bolgariyalik bashoratchi Vanga o‘z davrida Rossiyaning kelajagi haqida bir qator bashoratlarni aytib ketgandi. Shulardan biri yaqinda mutaxassislar tarafidan tarjima qilinib, matbuotda tarqatildi.

Demak, Vanganing aytishicha, 2018 yili saylanadigan yangi prezident odamlarning tafakkurini butkul yaxshi tarafga o‘zgartirib, qadimiy falsafalarga asoslangan siyosiy tuzum o‘rnatadi. Rossiya 2018 yili bir qator slavyan davlatlarini o‘zida birlashtirib, sotsializm tuzumini qayta tiklaydi. Bu birlashuv o‘ta mustahkam bo‘ladi. Odamlar yana qishloq xo‘jaligiga talpinib, yangi kooperativlar tuza boshlashadi.

Yangi prezident kundan-kunga Rossiyaning mudofaa qudratini mustahkamlab boradi. Ma’naviyat bu mamlakatda birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Ko‘plab dinlarni ortga surib, 2021 yili «Olovli bibliya» chop etilishini ta’minlaydi. 2030 yilga borib Amerika ham Rossiyaning har jihatdan buyuk va qudratliligini tan olishga majbur bo‘ladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vanganing Rossiya haqidagi yana bir hech kimga ma’lum bo‘lmagan bashorati…