15:17 / 30.09.2017
12 274

Antiqa buqa 165 ming AQSh dollariga sotildi!

Antiqa buqa 165 ming AQSh dollariga sotildi!
AQShning Oklaxoma shtatilik fermer o‘zining 2,5 metrlik shoxga ega bo‘lgan buqasini 165 ming AQSh dollariga sotdi. Bu haqda Qalampir.uz xabar bermoqda.

Shunday insonlar borki, ular o‘z istaklarini amalga oshirishda 100 minglab dollarlarni ayamasdan sarflab yuborishadi.

Kovboy Tuff Chex (Cowboy Tuff Chex) deb nomlangan buqa Oklaxoma shtati Overbrook shahrilik Bob Loomisga tegishli bo‘lib, u Texas shtatilik Richard va Jeanne Filiplarga naqd 165 ming AQSh dollariga sotilgan.

Bu buqa o‘zining uzun shoxi va chiroyli ko‘rinishi bilan boshqa buqalardan farq qiladi.

Qiziq... Buqaning uzun shoxi yoki chiroyli ko‘rinishi qiziq emas, uning sotilgan narxi qiziq. Bu narxga O‘zbekistonda tirik vazni 400 kg dan kam bo‘lmagan 100–150 bosh buqa sotib olsa bo‘lardi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antiqa buqa 165 ming AQSh dollariga sotildi!