22:06 / 14.10.2017
9 440

Katta baliq oshqozonida antiqa topilma aniqlandi (video)

Katta baliq oshqozonida antiqa topilma aniqlandi (video)
Kosta-rikalik baliqchilar katta korifena balig‘i oshqozonida o‘nlab kichik toshbaqalarni aniqlashdi.

Ushbu holat tasvirlangan videoda bir yigit katta o‘lchamli baliqning qornini yorayotgani va undan dengiz toshbaqalarini chiqarib olayotganini ko‘rish mumkin. Erkak baliq oshqozonidan birin-ketin 32 ta toshbaqani chiqarib oladi.

Ko‘rinishicha, baliq qarmoqqa ilinishdan oldin toshbaqalar bilan "tushlik" qilib olgan. Baxtga qarshi, toshbaqalarning barchasi o‘lik holda bo‘lgan. Yigit oxirida buni o‘ziga xos imo-ishora bilan ko‘rsatadi.

Katta korifenaning uzunligi 1,5 metrgacha yetadi va u asosan baliq, qisqichbaqalar va kalmarlar bilan oziqalanadi. Bu baliq dunyodagi eng tez suzuvchi baliqlardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Katta baliq oshqozonida antiqa topilma aniqlandi (video)