12:17 / 16.10.2017
11 655

9 yoshli qizaloq otasi pishirgan blinchikdan bir tishlam yeb, vafot etdi. O’lim hodisasining asl sababini esa aniqlab bo’lmadi.

9 yoshli qizaloq otasi pishirgan blinchikdan bir tishlam yeb, vafot etdi. O’lim hodisasining asl sababini esa aniqlab bo’lmadi.
9 yoshli Naynika Tiku kuchli anafilaktik shok – o’limga xavfiga ega allergik reaksiya sabab olamdan ko’z yumdi.
Qizaloq maymunjonli blinchik yeyishni istagach, 41 yoshлi otasi Vinod qizaloqqa o’zi istagan yegulikni pishirib bergan.

Qizaloq shifoxonaga keltirilgach, 5 kun o’tib, ota-onasi roziligi bilan barcha sun’iy apparatlardan ajratildi. Shifokorlar Naynikaning miyasiga tuzatib bo’lmas zarar yetgani haqida ma’lum qilishgan deb yozadi “Rep.ru” sayti.

Naynikaning vafotidan so’ng blinchik xamiri ustida olib borilgan tekshiruvlar natijasida qizaloqda maymunjonga nisbatan o’rta darajada allergiya bo’lganini aniqlashdi. Uning onasi Lakshmi esa shifokorlar muammo maymunjonda emas, sutda bo’lishi mumkinligini aytgani haqida gapirgan.

Qizaloq shifoxonaga yetkazilgan va ota-onasiga mutaxassislar tomonidan bolakay miyasining o’lib bo’lgani haqida ma’lumot berilgan. Shu sababli oradan 5 kun o’tib qizaloq uni hayot bilan bog’lab turgan barcha apparatlardan uzildi.

Naynikaning onasi bergan ma’lumotlarga ko’ra, undagi allergiya bolalikdan bo’lgan, ammo inson hayotiga xavf soladigan darajada emas.

O’z farzandining hayotini saqlab qola olmagan bo’lsalar-da, Naynikaning ota-onasi bugungi kunda farzandlari allegiyadan aziyat chekadigan insonlar uchun tadqiqot loyihalari boshlashga qaror qilishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 9 yoshli qizaloq otasi pishirgan blinchikdan bir tishlam yeb, vafot etdi. O’lim hodisasining asl sababini esa aniqlab bo’lmadi.