Reychel homiladorlikning 24-haftasida, 669 gramm vazn bilan dunyoga keldi. Shifokorlar oilani har qanday holatga tayyorlasalar ham, qizaloqning taqdiriga yashash yozilgan ekan. “Yaqindagina Reychel o‘zining 10 yoshini nishonladi”, deb xabar bermoqda “Rep.ru” sayti.
Reychel 20017 yili Avstraliyadan tavallud topdi. Uning onasi Rondaning so‘zlariga qaraganda, chaqaloq shunchalar kichik ediki, otasi uning oyoqlariga o‘zining nikoh uzugini bemalol taqib qo‘ya olardi. Boshi esa tennis koptokchasi kattaligida edi.
Reychel asl tug‘ruq vaqtidan 16 hafta avval homila yo‘ldoshining ko‘chishi natijasida tug‘ildi. Shifokorlar uning yashab ketishiga umid bor-yo‘g‘i 5 % ekanligini aytishardi. 2 hafta davomida unga qo‘l bilan teginish uchun ota-onasiga ham ruxsat berilmadi.
Kichkintoy tug‘ruqdan 4 oy o‘tib tug‘ruqxonadan chiqdi. 19 oyligida esa bir nechta yurak operatsiyalarini boshdan kechirdi. Bugungi kunda Reychel baxtli, sog‘lom va faol qizaloq. U sport hamda pazandachilikka juda qiziqadi.
Qizaloq o‘zining tug‘ilgan kunini hayotini saqlab qolgan shifokorlar bilan birga shifoxonada nishonlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?