22:52 / 18.10.2017
9 887

Bermud uchburchagining siri: shampan vinosi va ulkan o‘pqon orasidagi bog‘liqlik

Bermud uchburchagining siri: shampan vinosi va ulkan o‘pqon orasidagi bog‘liqlik
Okeanning eng sirli hududi — Bermud uchburchagi bilan bog‘liq jumboqlar hanuzgacha tadqiqotchilar diqqat markazida. 1976 yilning 20 noyabr sanasidan chop etilgan
“Okean qudug‘i” risolasida yozilishicha, Bermud uchburchagida ham okeanning boshqa hududlari singari yaxshi o‘rganilmagan tabiat hodisalar sodir bo‘lib turarkan.

Ushbu hodisalarning kelib chiqish sabablarini bilmagan, uni ilmiy va amaliy jihatdan isbotlay olmagan olimlar jumboqlarga boy voqea­hodisalarni izohlashdan bosh torganda, turli g‘ayritabiiy taxminlar ilgari surilishi tabiiy.

Masalan: suv qa’ridagi g‘orlarda yashovchi dahshatli mahluqlar, suv sathiga sakrab ov qiladigan akulalar hujumi, bedarak yo‘qolgan kema ekipajining bezovta ruhlari ta’qibi, Yer markazigacha cho‘zilgan o‘pqonning paydo bo‘lishi, tirik jonni parchalab yuboruvchi quyuq (kislotali) tuman, ulkan ajdaho og‘ziga duchor bo‘lish, “sariq iblis” — oltinni chorlovchi magnit maydon va yana bir qancha vahimali taxminlar mavjud.

2015–2017 yillarda olib borilgan tadqiqotlarda ayon bo‘ldiki, bundan qirq yil ilgari surilgan ilmiy taxminlarda bir talay asos va dalillar bor...

Shampan vinosining “portlashi”
Ma’lumki, okean tubi Yer qatlamlarining biz to‘liq o‘rganib ulgurmagan qavatlaridagi jismlar (moddalar) bilan tutash. Masalan, okeanosti g‘orlari va u yerda sodir bo‘ladigan fizik­kimyoviy jarayonlar.

Taxminlarga ko‘ra, Yer qa’ridan okean tubiga chiqib to‘planayot gazlarning tezligi qanday bo‘lsa, tabiiy gazlarning suv tarkibiga singib (erib) ketishi ham shunday tezlikda sodir bo‘lishi — tabiat muvozanatini saqlarkan.

Biroq Yer qa’rining turli qavatlaridan muntazam ravishda okean botiqlariga chiqib turadigan gazlarning hammasi ham suv bilan “kelishavermas” ekan. Oqibatda okean tubidagi yuqori bosimli suv ostida o‘ziga xos gazli pufakchalar hosil bo‘ladi.

“Gaz suv”ning ma’lum miqdori to‘planguncha tepadagi bir necha yuz metrli okean suvlarining kuchli bosimi o‘ziga xos qopqoq (“probka”) vazifasini o‘tab turadi. Kuchga to‘lgan gazlangan suv okean sirtiga qarab otilganda esa falokat yuz beradi. Negaki, tabiat qonuniga ko‘ra yengil va og‘ir jismlar o‘rin almashganda, gazsimon moddalar va yengil suyuqliklar tepaga, okean sathidagi og‘ir jismlar esa pastga harakatlanishi lozim.

Bu jarayon ko‘z ochib yumguncha, aniqrog‘i yuqoriga intilgan gaz suvning tezligi qanday bo‘lsa, sirtdagilari ham shunday chaqqonlikda suv qa’riga g‘arq bo‘ladi.

Bedarak yo‘qolgan kemalarning aksariyati yordam chaqirig‘i — “SOS” bera olmaganiga aynan shu narsa sabab bo‘lsa ajabmas.

Tasavvur qiling: odatdagi sokinlikka ega suv sathida suzayotgan kema bir zumda okean qa’riga g‘arq bo‘ladi. Bunday baxtsiz hodisalar ro‘y berganda okeanning osoyishtalik hukmron bo‘lgan yuzasida kutilmaganda birdan quyuq tuman paydo bo‘lib, ulkan o‘pqon hosil bo‘lishini­ku Bermud uchburchagi haqidagi sinoatlarini eshitganlar yaxshi bilishadi.

Baxtli tasodif tufayli halokatdan omon qolganlar yoki havo transportidan turib kuzatganlarning guvohlik berishicha, falokat sodir bo‘lishidan oldin sirli uchburchakning ma’lum bir qismida “oppoq suv” paydo bo‘larkan. Quyuq tuman ham o‘sha oqish ko‘pikli suvning paydo bo‘lishi natijasida hosil bo‘lishi o‘rganilgan. Oq suv, o‘sha biz okean qa’rida kuzatgan “gaz suv” ekanligiga shubha yo‘q.

Bu jarayonni ko‘z oldingizga keltirish uchun shampan vinosi ochilishini eslang. Shisha idishga “qamab qo‘yilgan” shampan vinosi ham gazlangan bo‘ladi, chayqalish undagi bosimning oshishiga sabab bo‘lishi aniq.

Ochishingiz bilan qopqog‘ini otib yuboradi­yu shisha bo‘ynidan oppoq ko‘pik otiladi. Buni “kichik portlash” deyish mumkin.

Okean tubidagi suv qatlamlarida gaz miqdorining oshishi okean qa’ridagi qoyalarning yorilishi va parchalanishiga olib keladi. Shunda katta kuchga ega bo‘lgan aralashma suv yuzasiga otilib, o‘rniga okean sathidan so‘rib oladigani suv transporti bo‘lsa — bunday kemaning holiga voy!

Negaki, har qanday qattiq jism “gazli suv” ta’sirida kukunga aylanib ketishi ehtimoldan xoli emas. Kemaning parchalanish esa suv sirtidayoq boshlanib, bu manzarani kuzatishning iloji yo‘q. Bermud uchburchagida g‘oyib bo‘lgan kemalarning barchasi quyuq tuman ichiga kirgancha qaytib chiqmagani esa barchamizga ma’lum.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bermud uchburchagining siri: shampan vinosi va ulkan o‘pqon orasidagi bog‘liqlik