11:50 / 19.10.2017
14 629

Indoneziyalik 50 yoshli ayol internet yulduziga aylandi: U huddi 25 yoshli qizlarday ko’rinadi!

Indoneziyalik 50 yoshli ayol internet yulduziga aylandi: U huddi 25 yoshli qizlarday ko’rinadi!

Indoneziyalik Puspa Devi YouTube sahifasida paydo bo’lgan tug’ilgan kun marosimi videosidan so’ng haqiqiy yulduzga aylandi-qo’ydi. Bu haqida horijiy manbalar xabar bermoqda.

Videoda Puspa o’zining 50 yoshlik ayyomini o’g’illari davrasida nishonlamoqda va bu yerda u farzandlari bilan tengqurday ko’rinadi. Ayolning ushbu videosini 50 ming odam ko’rishga ulgurdi. Internet foydalanuvchilari Puspaning bunchalar yosh ko’rinishidan hayratga tushishmoqda.

Devi Tempo jurnalida o’zining yoshlik sirlari bilan o’rtoqlashdi. Uning aytishicha, umrida bir bor bo’lsa ham plastik jarrohlarga murojaat qilmagan. Yosh va go’zal ko’rinishi esa namlantiruvchi hamda quyoshdan himoyalovchi kremlar sharofatidan. Ayol ushbu kremlardan 17 yildan buyon muntazam ravishda foydalanib keladi. U quyosh nuridan kuyib, shifokor qabuliga tashrif buyurgan va mutaxassis unga ushbu kremlardan foydalanib yurishini aytgan.

Bundan tashqari, Puspa sport bilan doimiy ravishda shug’ullanishini va yosh ko’rinish sirlaridan biri aynan shu ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyalik 50 yoshli ayol internet yulduziga aylandi: U huddi 25 yoshli qizlarday ko’rinadi!