13:40 / 19.10.2017
6 356

Estoniyada atrofni zulmat qoplab, qora rangli yomg’ir yog’di

Estoniyada atrofni zulmat qoplab, qora rangli yomg’ir yog’di

Portugaliyadagi yong’inlar tutuni hamda “Ofeliya” to’foni natijasida ko’tarilgan Saxara cho’li changi Estoniyagacha yetib keldi.

Tallinda qora rangli yomg’ir yog’di, shahar esa zulmat bilan qoplandi. Bu haqida mahalliy meterologlar axborotiga tayangan holda “Segodnya.ua” sayti xabar bermoqda.

“Biz satellitlardan olingan suratlarni ko’rib chiqdik, Finlandiya meteroxizmati ham Portugaliyadagi yong’in tutuni va qorakuyasi, shuningdek Saxara cho’li changi bizga qadar yetib kelganini tasdiqladi. Havoning kimyoviy tarkibi haqida esa ma’lumotga ega emasmiz, sababi bunday hisob-kitoblarni olib bormaymiz” deydi sinoptik Taymi Palyak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Estoniyada atrofni zulmat qoplab, qora rangli yomg’ir yog’di