AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama Nyu-Jersi va Virjinyadagi saylovoldi kompaniya mitinglariga tashrif buyuradi. Uning siyosat sohasiga qaytishi haqida xorij manbalari ma’lum qilmoqda.
Xabarga aytilishicha, Obama Demokratik partiya nomzodlarini qo’llab-quvvatlash uchun mitinglarda ishtirok etadi.
Mazkur yili AQSHda bo’lib o’tadigan eng muhim siyosiy hodisa – Nyu-Jersi va Virjinya shtatlaridagi gubernatorlik saylovlari 7 noyabr sanasiga rejalashtirilgan.
Obama omma oldida qanday mavzuda nutq so’zlashi hozircha noma’lum. Sobiq Prezident o’z o’rnini Donald Trapmga bo’shatib bergach, immigratsiya, sog’liqni saqlash va ob-havo o’zgarishi haqidagi bir nechta savollarga izoh berganini aytmagancha, shu paytgacha siyosiy hodisalardan uzoqda yurgandi.
Mitingda Obamaning ishtirok etishi e’lon qilinganidan keyin 220 ming kishidan iborat Richmond shahri aholisi Demokratik partiya tadbirlari uchun bilet sotib olishga kirishib ketishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi