Apple kompaniyasi iPhone X sabab iPhone 8 smartfonini ishlab chiqarishni ikki baravarga qisqartiradi. Ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bu gadjetning jahon savdosi unga safarbar etilgan mablag‘larni oqlamayapti. Insayderlarning bu haqidagi xabari korporatsiya aksiyalari narxini 1,5 foizga pasaytirdi.
Mashhur brendning yangi qurilmasiga talab u qadar katta bo‘lmayotganiga doir xabarlar to‘lqini fonida Apple'ning qimmatbaho qog‘ozlari narxi pasaydi. Ta’kidlanishicha, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida iPhone 8 sotuvlariga nisbatan iPhone 7 smartfoni muvaffaqiyatli sotilmoqda. Manbalarning xabar berishicha, korporatsiya shtab-kvartirasida joriy yilning noyabr-dekabr oyidan iPhone 8 smartfonini ishlab chiqarish sur’atlarini pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, korporatsiyaning yarmi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarini ishlab chiqarish bilan band, ikkinchi yarmi esa iPhone X va Watch aqlli soatlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
Buyurtmalar va real savdolar hajmi pasayganidan keyin ishlab chiqarishning 60-70 foizi yil oxiriga borib yangi modelni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. iPhone X relizi noyabr oyi boshiga mo‘ljallangan, gadjet eng yangi Face ID texnologiyasi bilan ta’minlanadi, smartfon sotuvlarining ilk bosqichida o‘tkir tanqislik kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?