09:51 / 21.10.2017
5 617

Qozog’istonlik ayol Rossiya prezidenti bo’lish niyatida

Qozog’istonlik ayol Rossiya prezidenti bo’lish niyatida
Taraz shahrida tug‘ilgan Elvira Agurbash 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqida “Nur.kz” sayti xabar bermoqda.

“Do‘stlar, bundan boshqa yo‘li yo‘q. Men Rossiya prezidentligi uchun o‘z nomzodimni ilgari surmoqchiman. Meni qo‘llab-quvvatlang” deydi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.

Agurbash 1975 yili 15 mart sanasida Taraz shahrida dunyoga kelgan va huquqshunoslik sohasi bo‘yicha Moskvada tahsil olgan. Shuningdek, Rossiyaning yirik agrosanoat korxonalari ham faoliyat olib borgan.

Agurbash savdo-sotiq haqidagi yangi qonun tahririga bag‘ishlangan muhokamalar chog‘idagi chiqishlari orqali tanilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog’istonlik ayol Rossiya prezidenti bo’lish niyatida