09:20 / 23.10.2017
5 524

Lego firmasi NASA ayollari ko’rinishidagi o’yinchoqlarni ishlab chiqardi

Lego firmasi NASA ayollari ko’rinishidagi o’yinchoqlarni ishlab chiqardi

Plastik o’yinchoqlar ishlab chiqaradigan Lego firmasi NASA ayollariga bag’ishlangan konstruktor detallarini omma e’tiboriga havola etdi. Ular orasida amerikalik birinchi astronavt ayol Salli Rayd, shuningdek, kosmosda bo’lib qaytgan birinchi afroamerikalik Mey Jemisonlarni ko’rish mumkin.

“Navbatdagi to’plamga 231 ta predmet kiritilgan bo’lib, ular orasida astronom Nensi Grey Roman va injener-dasturchi Margaret Gamiltonlar ham bor” deyiladi xabarda.

“Ushbu loyiha yordamida biz kosmonavtika sohasi rivoji uchun hissa qo’shgan ayollarga e’tibor qaratishni istadik” deydi o’yinchoq ixtirochilari.

To’plam 1 noyabr sanasidan 25 AQSH dollari narhida sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lego firmasi NASA ayollari ko’rinishidagi o’yinchoqlarni ishlab chiqardi